Главная » Узбекская музыка » Onamni korgani boraman - mp3
Onamni korgani boraman - mp3
Слушать
Скачать

Onamni korgani boraman - mp3 mp3

  • Жанр: Узбекская музыка
  • Качество: 192 kbps
  • Дата релиза: 27.07.2022, 02:05
Скачать песню Onamni korgani boraman - mp3 в формате mp3 или слушать онлайн бесплатно
Текст песни - Onamni korgani boraman - mp3

Bozorda chiqibdi qulupnay
Yetkazdi Xudodan aylanay
Ilinib-ilinib olvolay
Onamni ko'rgani boraman
Ishlarim yo'limni to'ssa ham
Poyimda tikanlar o'ssa ham
Bir dasta gul olib bo'lsa ham
Onamni ko'rgani boraman
Kelsam ham ikkita non bilan
Bag'riga bosadi jon bilan
Aytadi keldingmi jon bolam
Onamni ko'rgani boraman

Onam onam
Onam jon onam
Onam onam
Oq bulutdek ko'ngli oppog'im onam

Aytmayin bolamning g'amini
Bildirmay ro'zg'orim kamini
O'chirib yuragim shamini
Onamni ko'rgani boraman
Akamning yaxshisin oshiray
Ukamning aybini yashiray
Quvnatib mehrini toshiray
Onamni ko'rgani boraman
Uy talash mol talash qilmayin
Unga ko'p menga oz demayin
Boshini og'ritib kelmayin
Onamni ko'rgani boraman
Erkalay oymomom o'zimni
Quvnatib turasiz ko'zimni
Kuladi eshitib so'zimni
Onamni ko'rgani boraman
Hammadan go'zalsiz deb atay
Soddagina ko'nglini yashnatay
Kuldirib-kuldirib yayratay
Onamni ko'rgani boraman
O'shadir buyugim davlatim
Eng go'zal farzim-u sunnatim
Oyog'im ostida Jannatim
Onamni ko'rgani boraman

Onam onam
Onam jon onam
Onam onam
Oq bulutdek ko'ngli oppog'im onam


Логин:
Пароль: